Texnologii | 22:38 / 07.11.2016
6309
2 daqiqa o‘qiladi

Top Gear ko‘rsatuvi sobiq boshlovchilarining yangi shousida 27 avtomobil vayron qilindi

Foto: motor.ru

Mashhur Top Gear ko‘rsatuvi sobiq boshlovchilari Jyeremi Klarkson, Jyeyms Mey va Richard Xammondning yangi shousi – The Grand Tour’ning birinchi mavsumi suratga olinishi vaqtida 27 ta avtomobil vayron qilindi va 14951 finjon qahva ichildi. Klarksonga ishoniladigan bo‘lsa, bu vaqt ichida boshlovchilar 2,5 mlrd kilometr yo‘l bosib o‘tishgan. Bu haqda ko‘rsatuvchning nabatdagi trizerida aytilgan. 

Top Gear ko‘rsatuvi sobiq boshlovchilarining yangi shousi birinchi seriyasi 18 noyabrda Amazon Prime servisida namoyish qilinadi. Loyiha uch yilga mo‘ljallangan, bu vaqt ichida 36 ta, ya'ni har oyda bitta seriya olish rejalashtirilgan. Shouning olinishi uchun 250 mln dollar sarflanadi.

Yangi shouning birinchi treyleri oktabrda paydo bo‘lgandi. Undan ko‘rinishicha, The Grand Tour ko‘rsatuvida "Top Gir"dan deyarli barcha narsani ko‘rish mumkin: superkarlar, Mey ustidan mazah qiluvchi Klarkson va Xammond, snaryad otuvchi tanklar va portlovchi avtomobillar. 

Mavzuga oid