The Grand Tour şousi boşlovçisi Jyeremi Klarkson yilning eng yaxşi beş avtomobili nomini ma'lum qildi. U Britaniyaning Sunday Times naşri uçun tayyorlagan reytingida 28ta avtomobilni sinovdan ötkazib, ular orasidan eng yaxşilarini tanlab oldi.

Foto: The Sunday Times

Klarkson röyxatida birinçi örinni Lamborghini Huracan Performante sportkari egalladi. Boşlovçi Sunday Times Motor Awards mukofotini topşiriş marosimida bu avtomobilni yil avtomobili deb e'lon qildi.

Lamborghini Huracan Performante

Keyingi örinda Porsche 911 GT2 RS kupesi joylaşdi. Klarkson uni «heç qaçon Porsche muxlisi bölmagan inson» tomonidan yuqori bahoga sazovor bölgan «ajoyib avtomobil» deb atadi.

Porsche 911 GT2 RS

Röyxatdan örin olgan navbatdagi avtomobil Alpina B5 sedani böldi. Jyeremining sözlariga köra, bu avtomobil «ideal maşina unvoniga sazovor bölişga juda yaqin» kelgan.

Alpina B5

Şuningdek, Aston Martin Vantage superkari va Bentley Continental GT avtomobili yilning eng yaxşi avtomobillari röyxatidan joy oldi.

Aston Martin Vantage
Bentley Continental GT

The Grand Tour şousining yangi mavsumi 18 yanvarda efirga uzatiladi.