Focus: Klinton harbiy qaror va tinchlik o‘rtasida shubhasiz urushni tanlaydi
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klintonning tashqi siyosatdagi o‘tmishi u davlat rahbari sifatida o‘zining raqibi Donald Trampdan ko‘ra tajovuzkorroq harakat qilishni afzal ko‘rishi borasida shubha qoldirmaydi, deb yozmoqda Focus nashri.
Klinton xalqaro munosabatlarda qanday qarashlarga amal qilishini bir necha marotaba namoyish qilgan. Tarix Klintonning tinchlik va harbiy yechim o‘rtasida hamisha harbiy yechimni tanlaganidan guvoh. Gaitidagi inqiroz, Bushning Iroq kampaniyasi, Liviya prezidentining to‘ntarilishi, Pokistonda dronlar qo‘llangan holda urush olib borilishi, Usama bin Lodinning bartaraf etilishida Klinton keskin choralarni yoqlab chiqqan, deb aytmoqdalar maqola mualliflari.
Endi esa Klinton Suriyada parvozsiz hududlarning kiritilishiga erishmoqchi, bu esa Suriyaning hukumatiga deyarli urush e'lon qilishni anglatadi va usiz ham tarang holatdagi Rossiya-AQSh munosabatlariga jiddiy zarba beradi, deb yozmoqda nashr.
Tramp AQShni xalqaro ixtiloflardan olib chiqishini aytayotgan va Vashingtonning jahon jandarmi sifatidagi roli zarurligi masalasini savol ostiga qo‘yayotgan bo‘lsa, Klinton mamlakatni boshqa yo‘ldan olib ketadi. Klinton nafaqat AQShning boshqa davlatlar siyosatiga aralashuvini cheklamaydi, balki tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan AQSh prezidenti Barak Obamaning tinchlikni tiklash bo‘yicha amalga oshirgan barcha sa'y-harakatlarini yo‘qqa chiqaradi, deb xulosa qilmoqdalar maqola mualliflari.
Mavzuga oid
12:37
Puerto-Riko aholisi yana bir bor AQSh tarkibiga qo‘shilish uchun ovoz berdi
09:59
AQSh Davlat departamentiga RFni SWIFT'dan uzish g‘oyasi muallifi rahbar bo‘lishi mumkin
00:54
Putin Trampni prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabrikladi
23:51 / 07.11.2024