Fan-texnika | 08:05 / 08.11.2016
4117
1 daqiqa o‘qiladi

Twitter kompaniyasi Vine servisini yopish fikridan qaytib, uni sotmoqchi

Foto: thehackednews.com

Twitter kompaniyasi o‘zining Vine videoservisini yopish fikridan qaytdi, chunki uni sotib olish bo‘yicha ko‘plab takliflar oldi. Ayni vaqtda kompaniya bu takliflarni o‘rganib chiqmoqda, deb xabar bermoqda TechCrunch nashri.

Twitter videoservisni yopishini ma'lum qilgandan keyin uni sotib olish bo‘yicha bir nechta, jumladan Osiyo kompaniyalaridan takliflar oldi. Buni ma'lum qilgan manbalar videoservisga qiziqish bildirayotgan kompaniyalar to‘liq ro‘yxatini ma'lum qila olmaganlar, biroq ular orasida Yaponiyaning Line kompaniyasi bor. Shuningdek, tomonlardan biri Vine uchun 10 mln dollar taklif qilgan.    

Oktyabr oxirida Twitter kompaniyasi Vine’ni yopishini e'lon qilgandi. Kompaniya shunga qaramay, foydalanuvchilar o‘z videoroliklarini ko‘chira olishlari va tomosha qila olishlari, biroq ularni yuklay olmasliklarini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid