Milliarder Ilon Maskka tegişli X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoği AQŞ prezidenti öz akkaunti bloklanganidan keyin kiritgan da’voni hal etiş maqsadida Donald Trampga qariyb 10 million dollar tölaşga rozi böldi. Bu haqda The Wall Street Journal öz manbalariga tayanib xabar berdi.

Da’vo arizasi 2021 yilda Twitterʼga va kompaniyaning öşa vaqtdagi direktori Jyek Dorsiga qarşi ilgari surilgan edi.

Naşr suhbatdoşlarining ma’lumotlariga köra, Tramp jamoasi AQŞ rahbarining Mask bilan yaqin munosabatda ekani va biznesmen uning saylovoldi kampaniyasiga 250 million dollar sarflagani sabab sud jarayonini töxtatiş variantini ham körib çiqqan.

2021 yil yanvarda Facebook, Instagram va Twitter Donald Trampning akkauntlarini AQŞ prezidentligi saylovlari natijasidan norozi bölgan tarafdorlari Kongress binosiga bostirib kirganidan keyin bloklagan edi. Ijtimoiy tarmoqlar rahbarlariga köra, Tramp postlari orqali tartibsizlik iştirokçilarini qöllab-quvvatlagan. 2022 yil noyabrda Twitterʼning egasiga aylangan Mask Trampning akkauntini blokdan çiqargandi.

Meta kompaniyasi 2025 yil yanvar oxirlarida 2021 yildagi da’voni hal etiş uçun Trampga 25 million dollar tölaşga rozi bölgandi. The New York Timesʼga köra, 22 million dollar Trampning prezident kutubxonasini moliyalaştirişga, qolgan 3 million dollar esa sud jarayonlari kompensatsiyasi uçun yönaltiriladi.