RR Auction kimoşdi savdosida sobiq Twitter’ning moviy quş körinişidagi logotipi 34 375 dollarga sotildi. Ijtimoiy tarmoq nomi X’ga özgarganidan söng uşbu belgi kompaniyaning San-Fransiskodagi sobiq boş qarorgohidan olib taşlangandi.

RR Auction xabariga köra, sotilgan logotipning ölçamlari 3,7 metrga 2,7 metr, oğirligi esa 254 kilogrammni taşkil etadi. Xaridorning ismi oşkor qilinmagan.

Avval Ilon Mask sobiq Twitter ofislaridagi mebellar va professional oşxona jihozlarini kimoşdi savdosiga qöygan edi.

Ijtimoiy tarmoqni sotib olganidan keyin Mask ofis ijarasi va şartnomalar böyiça majburiyatlarini öz vaqtida bajarmagan, deb yozadi ABC News. Şuningdek u xodimlar sonini keskin qisqartirgan.

OAVga köra, Mask sobiq Twitter buyumlarini sotiş orqali kompaniyaning avvalgi rahbariyati qilgan ortiqça xarajatlarni körsatib berişni istagan. Şuningdek, Mask kompaniya xarajatlarini qisqartiriş özi uçun ustuvor maqsad ekanini namoyiş etmoqçi bölgan.

Eslatib ötamiz, 2022 yil aprel oyida Ilon Mask Twitter’ni 44 milliard dollarga sotib oldi. 2023 yil iyul oyida u ijtimoiy tarmoq nomini va logotipini X’ga özgartirdi.