Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fox News va NBC Trampning Ayova shtatidagi g‘alabasini taxmin qilmoqda
Foto: © RIA Novosti
AQSh prezidentligi uchun respublikachilar nomzodi Donald Tramp Ayova shtatida g‘alaba qozonmoqda, deb xabar qilgan Fox News telekanali.
Trampga saylovchilarning 50,3 foizi ishonch bildirgan bo‘lsa, Hillari Klintonga 44 foiz saylovchi ovoz bergan. Bu raqamlarni NBC telekanali ham tasdiqlamoqda.
Yetakchi telekanallar va Assoshieyted press axborot agentligi o‘zlarining statistik modellariga asoslangan holda shtatlardagi g‘oliblarni taxmin qilmoqda. Albatta, bular rasmiy bo‘lmasa-da, e'tiborga molik hisoblanadi.
Ayova – AQSh o‘rta g‘arbidagi shtat bo‘lib, 3 mln aholi istiqomat qiladi. Shtatdan Saylovchilar kollegiyasiga 6 kishi saylanadi. Nomzodlar, ushbu kollegiyaning 270 nafar a'zosini o‘z tarafdori bo‘lishiga erishsa, prezident bo‘la oladi. Mazkur shtat aniq bir partiya tarafdori hisoblanmaydi, ammo 1988 yilgi saylovlardan beri faqat demokratlar nomzodiga (2004 yil mustasno) ovoz berib kelgan.
Mavzuga oid
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
21:36 / 08.05.2026
Pentagon NUJ haqidagi hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi
11:29 / 08.05.2026