Jamiyat | 13:38 / 09.11.2016
3139
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Atrof-muhit vazirligi rahbarining sobiq o‘rinbosari korrupsiyada ayblandi

Foto: © RIA Novosti

XXR Atrof-muhit vazirligi rahbarining sobiq o‘rinbosari Chjan Litszyun korrupsiya tufayli to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda sud ma'lumotlariga asoslanib, “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.

Sud majlisi Pekinda bo‘lib o‘tdi. Sud Chjan Litszyunni 2,43 million yuan (354 ming AQSh dollari atrofida) miqdorida pora olganlikda ayblagan. Hukmga binoan XXR atrof-muhit vazirligi rahbarining sobiq o‘rinbosari 500 ming yuan miqdorida jarimaga ham tortilgan. Uning noqonuniy qo‘lga kiritgan boyligi davlat hisobiga musodara qilinadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Chjan Litszyun vazir o‘rinbosari sifatida 2008-2013 yillar faoliyat yuritgan.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid