O‘zbekiston | 21:45 / 09.11.2016
7999
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi

12 noyabr kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan XXR tashqi ishlar vaziri Van I kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar bergan.

Bo‘lib o‘tishi kutilayotgan uchrashuvlarda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari O‘zbekiston va Xitoy orasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, hamda hududiy va xalqaro muammolar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Tashrif davomida Xitoy delegatsiyasi Samarqandga borishi ham kutilmoqda.

Oktyabr oyida Qirg‘iziston TIV vakillari Pekinda "Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston" yo‘nalishida temir yo‘l qurilish masalasini muhokama qilgan edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid