Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika prezidenti AQSh prezidentligi saylovlari natijalariga izoh berdi
Meksika prezidenti Enrike Penya Neto AQShni prezidentlik saylovlari o‘tgani bilan tabrikladi va uning g‘olibi – Donald Tramp bilan ishlashga tayyorligini bildirdi. Meksika prezidenti tegishli bayonotni tvitterdagi rasmiy saytida joylashtirdi.
"Meksika va AQSh Shimoliy Amerikani raqobatbardosh qilish va rivojlantirish uchun hamkorlikni davom ettirishi lozim bo‘lgan do‘st, hamkor va ittifoqdoshlardir. Meksika va AQSh hamkorlik va o‘zaro hurmat rishtalarini mustahkamlashda davom etadilar, deb ishonaman", deb aytdi Neto.
Tramp Oq uyga kelgandan keyin boshqa davlatlar bilan savdo kelishuvlari shartlarini qayta ko‘rib chiqishga va'da bergan. Jumladan, u erkin savdo haqida Shimoliy Amerika kelishuvini "falokat" deb atagan. Bu kelishuvga Kanada, AQSh va Meksika kiradi. Bundan tashqari, Tramp Meksika bilan chegarada noqonuniy muhojirlardan himoyalanish uchun devor qurishini aytgan.
AQSh Meksikaning bosh savdo hamkori hisoblanadi. 2015 yilda ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 530 mlrd dollardan oshib ketgan. Meksika tomoni ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda 33,5 mln meksikalik yashaydi, ularning AQSh iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasi YaIMning 8 foizini tashkil qiladi.
Mavzuga oid
08:49
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026