O‘zbekiston | 21:00 / 09.11.2016
10066
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Rossiyaning Astraxan viloyati o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari huquqini himoyalash sohasida kelishuv imzolaydi

O‘zbekiston va Rossiyaning Astraxan viloyati o‘zbekistonlik muhojirlar huquqini himoya qilish va mehnat faoliyati masalalarini tartibga solish bo‘yicha kelishuv imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda uzdaily.uz xabar bermoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi 7-8 noyabr kunlari Astraxan viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif vaqtida O‘zbekiston delegatsiyasi viloyatning turli tuzilmalarida muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar Astraxan viloyati va umuman Rossiya hududida ishlovchi O‘zbekiston fuqarolari mehnat migratsiyasi jarayonini tartibga solish bilan bog‘liq bir qator dolzarb muammolarni muhokama qilishdi. 

O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya, Polsha va Yaponiyaning tegishli idoralari bilan mehnat migratsiyasi masalalarini hal qilish bo‘yicha erishilgan ijobiy tajriba haqida so‘zlab berdi va viloyat rahbariyatiga bunday hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.

Viloyat vakillari o‘z navbatida o‘zbekistonlik mehmonlar e'tiboriga MDH davlatlari fuqarolariga ish izlashda ko‘mak ko‘rsatuvchi "Yedinstvo narodov" ("Xalqlar birdamligi") internet-resursining qisqacha taqdimotini havola qilishdi.

Tomonlar viloyat hududida vaqtinchalik ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari mehnat faoliyati va huquqlarini himoyalash masalalarini tartibga solishga qaratilgan kelishuvni imzolashga kelishib oldilar.

 

Mavzuga oid