AQSh elchixonasi Tojikistonda teraktlar bo‘lishi ehtimolidan ogohlantirdi
AQShning Tojikistondagi elchixonasi qo‘shma shtatlar fuqarolarini mazkur respublikada terrorchilik hujumlari ehtimolidan ogohlantirdi.
«AQShning Dushanbedagi elchixonasi terrorchilar guruhi odamlar gavjum joylarda yoki Afg‘oniston bilan chegara uchastkalarida hujum uyushtirish mumkinligi haqida axborot oldi. Bu Tojikiston hududida terrorchilik hujumi bo‘lishi haqidagi so‘nggi ma'lumotdir», — deyilgan elchixona xabarida.
Elchixona AQSh fuqarolariga gavjum joylardan chetda bo‘lish, jamoat transportiga chiqmaslikni hamda lager va Tog‘li Badaxshon viloyatiga sayohatga bormaslikni tavsiya qilgan.
Ilgariroq Afg‘onistonning shimoliy tumanlari politsiyasi boshlig‘i OAVga «Tolibon» jangarilari xorij terrorchilari Tojikiston va O‘zbekiston hududiga sezdirmasdan kirib olishlari uchun Qunduz viloyatiga hujumni kuchaytirishganini bildirgandi.
Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining chegara xizmati bo‘yicha boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, shu yilning yanvaridan sentabr oyigacha Afg‘oniston bilan chegara hududida 22ta to‘qnashuv sodir bo‘lgan va bu to‘qnashuvlarda 12 nafar afg‘onistonlik giyohvand moddalar tashuvchilar yo‘q qilinib, 15 nafari qo‘lga olingan.
Aholisi 8,5 million kishini tashkil etuvchi Tojikiston Afg‘onistondan Markaziy Osiyo, Rossiya va Yevropaga chiqadigan giyohvand moddalar tashiladigan asosiy marshrutdagi ilk davlat hisoblanadi.
Dushanbe chegaralar xavfsizligini ta'minlash choralari uchun har yili 164 mln dollar sarflaydi.
Tojikistonda Rossiyaning xorijdagi eng yirik harbiy bazasi joylashgan.
Avgust oyida AQSh Tojikistonga Afg‘oniston bilan chegarasida nazoratni kuchaytirishi uchun texnik jihozlar sotib olishiga 12 mln dollar bergandi.
Mavzuga oid
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
15:00 / 19.10.2024
Tojikistonda KXShT mashg‘ulotlarining faol bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
22:55 / 12.10.2024