Jahon | 09:25 / 10.11.2016
4801
1 daqiqa o‘qiladi

YeXHT: AQShdagi prezidentlik saylovlarida barcha fuqarolarning huquqlari kafolatlanmadi

Foto: eadaily.com

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilari AQShdagi prezidentlik saylovlarida mamlakatning barcha fuqarolari uchun ovoz berish huquqlari kafolatlanmagani haqidagi fikrni bildirishdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

Bu haqda YeXHTning AQShdagi prezidentlik saylovlaridagi qisqa muddatli missiyasi bosh koordinatori va rahbari Kristin Muttonen ma'lum qildi.  

"Barcha fuqarolar uchun ovoz berish huquqi kafolatlanmadi", deb aytdi Muttonen.

Muttonenning aytishicha, saylovlar kuni – 8 noyabrda YeXHTning 290 dan ko‘proq kuzatuvchisi butun AQSh bo‘ylab 900 dan ko‘proq saylov uchastkasiga tashrif buyurgan.

Hammasi bo‘lib YeXHTning saylovlardagi missiyasida 44 ta davlatdan kuzatuvchilar ishtirok etdi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid