Jahon | 11:14 / 10.11.2016
8051
2 daqiqa o‘qiladi

Hillari Klinton ishi bo‘yicha surishtiruv ishlari davom ettiriladimi?

Foto: © AFP

AQShning yangi saylangan prezidentining saylovoldi kampaniyasi menejyeri Kellian Konuey Hillari Klinton ishi bo‘yicha maxsus prokuror tayinlanishi ehtimolini inkor etmadi. U bu haqda MSNBC telekanalida qilgan chiqishida ma'lum qilgan.

Tramp vakilining qayd etishicha, u so‘nggi vaqtlarda bu masalani Tramp bilan muhokama qilmagan, biroq, bu «vaqti kelganda» yuz berishi mumkin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda Tramp va uning vitse-prezident Maykl Pens «mamlakatni birlashtirish usullarini qidirmoqda». «Biroq, biz bu masalani hozircha muhokama qilganimiz yo‘q, o‘ylaymanki, vaqti kelganda bu ham hal bo‘ladi», — degan Tramp menejyeri.

8 noyabr kuni AQSh adliya vazirligi Klinton ishi bo‘yicha tergov jarayoni cho‘zilib ketishi mumkinligini ma'lum qilgan edi. Sobiq davlat kotibining shaxsiy pochta serveridagi maktublarni tahlil qilishga besh yil talab etiladi. 

Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp AQSh prezidentligi uchun saylovlarda g‘alaba qozongani xususida avval xabar qilingan edi. Buni Associated Press, Bloomberg va Washington Post o‘tkazgan ijtimoiy so‘rov natijalari ham tasdiqlaydi. Uning raqibi, demokratlar nomzodi Hillari Klinton mag‘lubiyatini tan olib, Trampni g‘alaba bilan qutlagan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid