Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Brexit’dan keyin Buyuk Britaniya bilan savdo kelishuvi imzolashga tayyorligini bildirdi
Turkiya Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etgandan keyin bu mamlakat bilan keng miqyosdagi savdo kelishuvini amalga oshirishga tayyor, deb aytdi Turkiya iqtisodiyot vaziri Nixat Zaybekchi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Biz Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etishi bilanoq ikki davlat o‘rtasida (Turkiya va Buyuk Britaniya) keng ko‘lamli savdo kelishuvini amalga oshirishga qaror qildik", deb ma'lum qilgan Zaybekchi. Vazir kelishuvning tafsilotlarini tushuntirmagan.
Iyunda Buyuk Britaniyada Yevropa Ittifoqidan chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazilgandan so‘ng, Zaybekchi Turkiya Buyuk Britaniya bilan aloqalarni saqlab qolish uchun tegishli qadamlar qabul qilishiga va'da bergan.
Mavzuga oid
23:07 / 20.05.2026
Britaniya radiostansiyasi qirol Charlz III vafoti haqida yanglishib e’lon qildi
21:32 / 20.05.2026
Turkiya qit’alararo raketasini ko‘z-ko‘z qildi. Yana qaysi davlatlar bunday qurilmaga ega?
08:40 / 20.05.2026
AQShdan keyin Britaniya ham Rossiya nefti bo‘yicha litsenziya berdi
08:48 / 16.05.2026