28 iyul kuni Isroil hukumati “Usmoniylar davrida armanlar genotsid qilingan” degan qarorga keldi. Hujjatni Isroil taşqi işlar vaziri Gideon Saar taqdim qilgan, uning taşabbusini kabinetdagi barça vazirlar bir ovozdan qöllagan. Qaror Knesset tomonidan ma’qullansa, Isroilning töliq davlat pozitsiyasiga aylanadi. Knesset bu qarorni qöllaşi ehtimoli yuqori.
Isroil davlati taşkil topganiga 78 yil bölayotgan ekan, Isroil bu qarorni birinçi marta qabul qilmoqda. Ötmişda parlamentda mana şunday taşabbuslar kötarilganda ham, Isroil Taşqi işlar vazirligi va boşqaruv kabineti bu taşabbuslarni bloklagan, “Turkiya bilan aloqalarimizga putur yetadi” deb tuşuntirgan. Xöş, hozir nima özgardi, mintaqa davlatlarining bu voqeaga munosabati qanday bölmoqda?
Birinçidan, Armanistonning munosabati. Armaniston boş vaziri Paşinyan: “Bu ziddiyatlarga tortiliş hozirgi vaqtda Armanistonning manfaatlariga töğri kelmaydi” deya, ohista şaklda Isroil taşabbusini qöllamagan. “Genotsid” davosini inkor ham qilmagan, lekin Isroilga rahmat ham aytmagan. Buning sabablari bor. Keyingi 5-6 yilda Armanistonning asosiy geosiyosiy vazifasi – mintaqa davlatlari bilan munosabatlarni normallaştiriş, şu orqali oldingi yarim izolyatsiya holatidan çiqiş, Rossiyaga qaramlikdan qutuliş va hokazolardan iborat. Buning uçun Armaniston Ozarboyjon bilan tinçlik bitimi imzolaş niyatida, Turkiya bilan munosabatlarni normallaştirişga intilmoqda. Ya’ni Kavkazdagi geosiyosiy vaziyat mutlaq boşqaça.
Qolaversa, Armaniston Isroilga işonmaydi, özining asosiy raqibi Ozarboyjonning ittifoqçisi deb biladi. Armaniston jamiyati ham “biz armanlarning ötmişdagi fojiamizni qurol, instrument sifatida işlatişlari – açinarli, aslida Isroilning armanlarga heç qanday qiziqiş joyi yöq” degan ohang ança kuçli. Armaniston jamoatçiligida “bu masala – Armaniston va Turkiya örtasida kelişib olinadigan, ikki taraflama masaladir” degan qaraş ham keng tarqalgan.
Ikkinçidan, Ozarboyjon. Keyingi yillardagi Turkiya va Isroil örtasidagi duşmanona ohangning oşib borişi, rasmiy Boku geosiyosatida kuçli ziddiyat şakllantirdi. Ozarboyjon uçun birinçi raqamli strategik ittifoqçi Turkiya bölsa, Isroil ham juda yaqin ittifoqçilardan hisoblanadi. Endi, keyingi yillardagi Turkiya va Isroil duşmançiligi ohanglari fonida, Boku bir tomonni tanlaşi kerak edi. Va tanladi ham. Bu albatta Turkiya böldi. Ozarboyjon allaqaçon “Bir xalq – ikki davlat” tamoyili asosida Turkiya bilan strategik birlaşuvni amalga oşirmoqda, ikki davlar harbiy tuzilmalari örtasidagi integratsiya kuçaymoqda.
Isroilning “armanlar genotsid qilingan” degan da’volari fonida, Ozarboyjon Isroilga murojaat qilib: “Ehtirosga berilyapsiz, tarixiy va ilmiy faktlarni inkor qilyapsiz, bu iş özingizga zarar keltirişi mumkin, fikringizdan qayting” degan ma’noda rasmiy bayonotlar berdi, va Turkiyaning yonini oldi.












