Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2011 yilda Barak Obama va so‘z ustasi Mayyers Trampning imkoniyatlarini masxara qilishgan edi
2011 yilda Oq uy ma'muriyati tomonidan tashkil etilgan rasmiy kechki nonushtada AQSh prezidenti Barak Obama va so‘z ustasi Set Mayyers Donald Trampning prezident bo‘lish borasidagi siyosiy imkoniyatlarini mazax qilishgan edi, deb xotirlamoqda Business Insider nashri.
Dastlab Mayyers, tadbirkorning prezident bo‘lishni xohlab qolgani to‘g‘risidagi xabarlarga ishonmaganini aytgan. «Donald Tramp respublikachi sifatida prezidentlik uchun kurashajagini aytdi. Bu ajoyib, chunki men buni hazil sifatida qabul qildim», — degan edi Mayyers.
Shundan so‘ng, u Trampning soch turmagini tulki mo‘ynasiga o‘xshatgan hamda milliarder tarafdorlariga masxara qilgan edi. «Aktyor Geri Byuzi Trampdan zo‘r prezident chiqishi haqida aytdi. U shuningdek, ko‘chada topib olgan zang bosgan qush qafasi haqida ham xuddi shunday degan edi», - deb kulgandi Mayyers.
Rasmiy kechki nonushtaga tashrif buyurgan Tramp esa, tishini tishiga qo‘yib, xo‘mraygancha bularni tinglagan.
Mayyersdan so‘ng so‘zga chiqqan prezident Obama Trampga yashirin til biriktirish nazariyasini rad etgani uchun minnatdorlik bildirgan. «Tramp haqiqatdan ham muhim muammolarga e'tibor qarata oladi. Masalan: amerikaliklarning Oyga qo‘nganiga oid video soxtaligi rostmi? Tupak va Biggi qayoqqa yo‘qoldi?», — degan prezident, o‘ldirib ketilgan rep ijrochilarni yodga olar ekan.
Keyin Obama agar Tramp AQSh prezidenti bo‘lsa, Oq uyni kazinoga aylantirishini taxmin qilgan.
8 noyabr kuni AQShda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida respublikachilar nomzodi Donald Tramp g‘alaba qozonib, mamlakatning 45-prezidenti bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026