Jahon | 14:25 / 11.11.2016
3907
2 daqiqa o‘qiladi

Atambayev hukumatning yangi tarkibini tayinlash haqidagi farmonini imzoladi

Foto: © RIA Novosti

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev respublika vazirlar mahkamasini tayinlash haqidagi farmonini imzoladi. Bu haqda TASS axborot agentligi mamlakat prezidenti matbuot xizmatiga asoslanib xabar bergan.

«Prezident farmoni imzolangan vaqtidan boshlab kuchga kiradi», — deyilgan prezident saytidagi xabarda.

26 oktabr kuni Atambayev hukumatni iste'foga chiqarish haqidagi farmonini imzolagandi. Bunga Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi «Ota-makon» partiyasi bilan konstitutsion islohot borasida kelisha olmagani uchun parlamentdagi koalitsiyadan chiqqani sabab bo‘ldi.

3 noyabr kuni Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi, shuningdek, «Bir bo‘l» va «Qirg‘iziston» partiyalari yagona parlament koalitsiyasini tashkil etishga kelishdi. Yaqin bir necha kun ichida koalitsion kelishuvni imzolagan partiyalar yangi hukumat strukturasini shakllantiradi.

Qirg‘iziston hukumatining yangi tarkibi avvalgisidan deyarli farq qilmaydi. Bosh vazir Sooronbay Jeenbekov, shuningdek, bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning deyarli barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi. Bosh vazir o‘rinbosari Gulmira Kudayberdiyeva Qirg‘iziston ta'lim va fan vaziri etib tayinlandi, uning o‘rnini esa «Qirg‘iziston» partiyasi deputati Cholpon Sultanbekova egalladi. Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri Qashqar Junushaliyev o‘rnini Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi aksilkorruptsion xizmatining endilikda sobiq rahbari Ulan Isroilov egalladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid