Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq harbiylari IShIDning yer osti qamoqxonasidan mingga yaqin kishini chiqarib oldi
Foto: Reuters
Iroq harbiylari 7 noyabr kuni Mo‘sul shahri yaqinida IShIDning 961 mahbusi saqlanayotgan yer osti qamoqxonasiga duch kelgan. BMTning qochqinlar masalalari bo‘yicha oliy komissariga asoslanib RIA Novosti agentligi xabar qilishicha, tutqundagilarning barchasi ozod qilingan.
Bu qamoqxona Shura tumanida joylashgan. Unda sunniy mazhabiga mansub, Iroq xavfsizlik kuchlarining sobiq zobitlari yoki Iroq islom partiyasi a'zolari bo‘lgan 961 kishi aniqlangan.
Qayd etilishicha, mahbuslar ayanchli ahvolda edi, ularning badanlarida qiynoq izlari qolgan. Ularni kichik qafaslarda tutib turishgan.
9 noyabr kuni iroqlik harbiylar IShIDdan ozod etilgan Hamam al-Alil shahrida ommaviy qabristonni topdi. Unga boshi olingan kishilar ko‘milgan bo‘lgan.
Shu kunning o‘zida Mo‘sul markazida jangarilar 30 kishini elektr stulda namoyishkorona qatl qildi.
Oktyabr oyining ikkinchi yarmida Iroq armiyasi kurd bo‘linmalari bilan ittifoqchilikda va AQSh boshchiligidagi harbiy koalitsiya samolyotlari ko‘magida Mo‘sulni jangarilardan ozod etish amaliyotini boshladi. Keng ko‘lamli hujumlarda qatnashayotgan askarlar va ko‘ngillilar soni 60 ming nafar atrofida. Turli manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, shahar mudofaasida qolgan jangarilar soni 5 ming nafargacha yetadi.
Mavzuga oid
13:53 / 17.12.2025
Ombudsman aralashuvi: mahkum va mahbuslarga tibbiy yordam tashkil etildi
21:20 / 06.08.2025
Andijonda mahbuslarni vaqtincha saqlash hibsxonasi rahbari ishdan bo‘shatildi
17:19 / 11.06.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkumlarni almashadi
20:56 / 27.02.2025