Özbekistonning Vladivostok şahridagi Boş konsulxonasi diplomatlari xizmat safari doirasida Saxalin viloyatidagi 1-sonli jazoni ijro etiş muassasasiga taşrif buyurib, u yerda saqlanayotgan 11 nafar vatandoş bilan uçraşuv ötkazdi.

Taşrif davomida diplomatlar mahbuslar uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişib, ular bilan umumiy muloqot qildi. Suhbat çoğida mahbuslarning holidan xabar olinib, majburiy mehnat, qiynoq yoki bosim holatlari mavjud yoki yöqligi haqida söraldi.

Şuningdek, özbekistonlik mahbuslarning Rossiya Mudofaa vazirligi tarkibida Ukrainadagi harbiy harakatlarga jalb etilayotgani yoki yöqligi ham muhokama qilindi. Vatandoşlar bunday holatlar kuzatilmaganini bildirgan.

Ma’lum qilinişiça, Rossiya Mudofaa vazirligi vakillari muassasaga vaqt-vaqti bilan taşrif buyurib, mahbuslarga harbiy harakatlarda iştirok etiş evaziga sudlanganlikni bekor qiliş va yuqori maoş taklif qilmoqda.

Şu munosabat bilan diplomatlar Özbekiston fuqarolarini çet el davlatlari harbiy tuzilmalarida iştirok etiş qonunçilikka zid ekani haqida ogohlantirdi. Ularga Özbekiston Jinoyat kodeksining “Yollaniş” moddasi böyiça javobgarlik mavjudligi tuşuntirildi.

Uçraşuv davomida mahbuslar muassasadagi şaroitlardan qoniqayotganini, ammo yaqinlarini soğingani sababli jazoning qolgan qismini Özbekistonda ötaşni xohlaşini aytdi.

Boş konsulxona xodimlari esa hozirça Rossiya va Özbekiston örtasida mahkumlarni özaro topşiriş böyiça ikki tomonlama şartnoma mavjud emasligi sababli, bunday imkoniyat yöqligini ma’lum qildi.