Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Uralskiye avialinii" aviakompaniyasi Chelyabinskdan Toshkentga parvozlarni amalga oshirishni boshladi
11 noyabrdan Rossiyaning Urali aholisi "Uralskiye avialinii" aviakompaniyasining Chelyabinsk-Toshkent reysidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. "Chelyabinskoye exo" nashrining ma'lum qilishicha, Chelyabinsk va Toshkent o‘rtasidagi muntazam aviaaloqa 11 noyabrda ochildi, birinchi reys bo‘yicha samolyot kunning ikkinchi yarmida jo‘nab ketdi.
Yangi reysning ochilishi tantanali ravishda o‘tdi. Unda Chelyabinsk viloyati iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Anton Baxayev, Chelyabinsk aeroporti va Havo aloqalari markaziy agentligi rahbariyatlari ishtirok etdi.
Yangi yo‘nalish "Chelyabinsk" xalqaro aeroporti parvozlar jadvaliga kiritildi va 2017 yilning 24 martigacha amal qiladi.
Chelyabinskdan Toshkentga samolyot har haftaning juma kunlari mahalliy vaqt bilan soat 8.35da jo‘nashi va Toshkentda 10.50 da qo‘nishi rejalashtirilgan. "Toshkent" xalqaro aeroportidan ortga reys ham juma kunlari soat 12.20 da amalga oshiriladi. Samolyot Chelyabinskga 15.35 da yetib keladi.
Parvozlar 160 yo‘lovchini sig‘dira oladigan shinam "Airbus A-320" samolyotlarida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
10:25
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026