Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018 saralashi. Neymarning goli va golli pasi Braziliyaga Argentinani yirik hisobda yengishga yordam berdi
JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Janubiy Amerika mintaqasining guruh bosqichi 11-turi o‘yinlari o‘tkazildi.
Turning markaziy uchrashuvida Braziliya terma jamoasi Argentinani qabul qildi va 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
25-daqiqada mehmonlar darvozasi Neymarning pasidan unumli foydalangan Felippe Koutino tomonidan ishg‘ol etildi. Birinchi bo‘lim oxirida Neymar ham o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. O‘yindagi yakuniy natija Paulino tomonidan o‘rnatildi - 3:0.
Bu g‘alaba Braziliyaga ochkolari sonini 24taga yetkazgan holda turnir jadvalidagi birinchi o‘rinni mustahkamlashga imkon berdi. Urugvay 23 ochkosi bilan ikkinchi o‘rinda. Argentina esa 16 ochko to‘plagan holda o‘ntalikning oltinchi o‘rnida qolmoqda.
JCh-2018. Saralash
Janubiy Amerika
11- tur
Braziliya – Argentina 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 25 Koutino, 2:0 – 45 Neymar, 3:0 - 58 Paulino
Braziliya – Alisson, Markinos, Marselo, Dani Alves, Miranda, Paulino, Fernandino, Renato Augusto, Koutino, Neymar, Gabriel Jyezus.
Argentina – Romero, Otamendi, Mas, Sabaleta, Funes Mori, Bigliya, Maskerano, Peres, Di Mariya, Messi, Higuain.
Kolumbiya – Chili 0:0 (0:0, 0:0)
Kolumbiya – Ospina, Mina (Torres, 82), Dias, Aryas, Murilo, Agilyar, Sanches, Xames, Kardona, Borxa (Falkao, 46), Berrio (Muriel, 63).
Chili – Bravo (Errera, 64), Xara, Roko, Mena, Bosejur, Arangis (Guterres, 73), Dias, Fuensalida, Vidal (Ernandes, 90), Vargas, Isla.
Urugvay – Ekvador 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 12 Koates, 1:1 – 45 Kaysedo, 2:1 – 45 Rolan.
Urugvay – Muslera, Silva, Pereyra, Godin, Koates, Vesino, Arevalo, Sanches, Suares, Stuani, Rolan (Ramires, 62).
Ekvador – Dreyer, Ayovi, Achiler, Eraso, Paredes, Noboa, Ibarra, Martines (Kaysedo, 61), Orexuela (Ayovi, 83), Kaysedo, Bolanos (Kasares, 73).
Venesuela – Boliviya 5:0 (2:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 3 Kouffati, 4:0 – 10, 67, 70 Martines, 5:0 - 74 Otero
Venesuela – Ernandes, Vilyanueva, Viskarrondo, Felcher, Gonsales, Otero, Rinkon, Murilo, Sambrano, Martines, Kouffati.
Boliviya – Lampe, Senteno, Raldes, Bexarano, Rodriges, Vayyar, Veysaga, Asoge, Ramalo, Duk, Moreno.
Paragvay – Peru 1:4 (1:0, 0:4)
Gollar: 1:0 – 10 Riveros, 1:1 – 49 Ramos, 1:2 - 71 Flores, 1:3 -79 Kueva, 1:5 - 84 Benitez-avtogol
Paragvay – Barreto, Gomes, Alonso, Moreyra, da Silva, Riveros, Roxas, Romero, Romero, Santander (Benites, 38), Gonsales.
Peru – Galese, Ramos, Yotun, Trauko (Loyola, 56), Rodriges, Kueva, Tapiya, Karrilo, Korso, Flores, Gerrero.

Mavzuga oid
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
23:11 / 22.06.2026
Messi - jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar
18:49 / 06.05.2026
Kruiz laynerda tarqalgan hantavirus. Nimalar ma’lum?
20:47 / 22.04.2026