Britaniyalik deputatlar Brexit bo‘yicha qayta ovoz berish o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlamoqdalar
Buyuk Britaniya parlamenti a'zolari mamlakatning Yevropa Ittifoqida a'zoligi bo‘yicha qayta referendum o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlamoqdalar. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Avvalroq London oliy sudi Brexit jarayoni faqatgina parlament roziligi bilan boshlanishi mumkinligi haqida hukm chiqargandi.
Britaniya parlamentining 80 dan ko‘proq deputati bunday ovoz berishga tashabbus bildirishmoqchi. Qayta ovoz berishni o‘tkazish fikri liberal demokratlar yetakchisi Tim Ferrondan chiqqan.
Ferron intervyularidan birida agar Brexit’ni boshlaydigan Lissabon kelishuvining 50-moddasi parlament shartlari bilan qo‘llansa va agar "Britaniya xalqiga behurmatlik qilinsa", unda parlament hukumatga qarshi chiqishini aytdi.
"Ikkita variant bo‘ladi: yoki bu bitimni qabul qilasiz yoki a'zolikning saqlanib qolishi uchun ovoz berasiz" deb aytdi liberal demokratlar orasidagi manba.
Avvalroq OAVda Britaniya hukumati Brexit jarayonini boshlash haqidagi qonunni tayyorlashni boshlagani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
18:15 / 12.11.2024
Buyuk Britaniya mudofaa ehtiyojlari uchun yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqarishni qayta tiklashi mumkin
19:02 / 10.11.2024
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
00:46 / 10.11.2024