Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MO davlatlari va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari ilk marta C5+1 formatida uchrashdi
Londondagi uchrashuvda Markaziy Osiyoning resurs va tranzit salohiyati Buyuk Britaniyaning moliya, texnologiya, ta’lim va tartibga solish standartlari sohasidagi imkoniyatlari bilan uyg‘unligi ta’kidlandi.
Londonda 26 fevral kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlarining «C5+1» formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu mintaqa davlatlari mustaqillikka erishganidan beri bunday formatda o‘tkazilgan birinchi qo‘shma uchrashuvdir.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Ivett Kuper Markaziy Osiyoning xalqaro jarayonlardagi o‘sib borayotgan rolini qayd etib, mintaqaning jadal rivojlanayotgan iqtisodiy o‘sish va kooperatsiya markazi sifatidagi salohiyatini ta’kidladi.

Tomonlar Markaziy Osiyoning resurs va tranzit salohiyati Buyuk Britaniyaning moliya, texnologiya, ta’lim va tartibga solish standartlari sohasidagi imkoniyatlari bilan uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratdilar.
Londondagi uchrashuv mintaqadagi barcha davlatlar va Birlashgan Qirollik 1991 yilda mustaqillikka erishganidan beri ishtirok etgan birinchi sammitdir. Sammitda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi siyosat idoralari rahbarlari ishtirok etib, xalqaro kun tartibining asosiy masalalari hamda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
«Mazkur muloqot mintaqaning iqtisodiy rivojlanish ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha atroflicha fikr almashish, shuningdek, Buyuk Britaniya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qilish uchun dolzarb va mazmunli platforma bo‘lib xizmat qildi. Savdo diversifikatsiyasi, sanoat kooperatsiyasi, barqaror infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, Markaziy Osiyoning strategik xomashyo resurslari va qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratdik», deb yozdi bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
08:40 / 09.07.2026
JSST Markaziy Osiyoni jazirama xavfidan ogohlantirdi
18:06 / 08.07.2026