Dubaydagi Expo-2020 ko‘rgazmasi byudjyeti 8 milliard dollarni tashkil qildi

BNC'ning so‘nggi hisobotiga ko‘ra, Dubaydagi Expo-2020 byudjyeti 8,1-8,7 milliard dollarga baholanmoqda.
Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, Abu-Dabi va Dubay o‘rtasida joylashgan Expo-2020ga jahon tasnifidagi yo‘l tarmoqlari, kengaytirilgan yangi Dubay metrosi va uch xalqaro aeroport tizimi tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.
Al-Maktum xalqaro aeroporti 32 milliard dollar investitsiya tufayli 2020 yilga borib, 200 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish uchun qayta ta'mirdan chiqadi.
The Big 5 Event direktori Josin Heyjmens shunday dedi: "Aeroport Dubaydagi Expo-2020ni qo‘llab-quvvatlaydigan ikkinchi darajali infratuzilmaning bir qismi hisoblanadi. Bu loyiha tadbirni o‘tkazishga to‘liq bog‘liq emas, lekin Dubaydagi kutilayotgan sayyohlar sonining o‘sishiga ta'sir qiladi".
Expo-2020 ko‘rgazmasi 180dan ortiq mamlakatlar va xalqaro audiyatoriyaning 25 million ziyoratchilarini birlashtiradi. Dubaydagi ko‘rgazma binosi maydoni 438 gektarga teng.
BNC hisobotiga ko‘ra, The Big 5 uchun, Dubayning janubida joylashgan Ko‘rgazma shahridagi Expo Village rivojiga 30 million dollar ajratilgan. Hozirgi vaqtda tender bosqichida bo‘lgan mazkur loyiha ko‘rgazmada ishtirokchi- mamlakatlar xodimlarini to‘liq ish kuni va turar-joy bilan ta'minlashga mo‘ljallangan inshootdan iborat. 2018 yilda, qurilish ishlarining asosiy qismi yakuniga yetgandan so‘ng pavilonni qurish ishlari boshlanadi.
BAA paviloni taxminan 30 million dollarni tashkil etadi. 15 000 kvadrat metrlik loyiha ko‘rgazma maydonlari, tomoshabinlar zali, kafe va restoranlar hamda VIP-salonlarni o‘z ichiga oladi.
Ispan me'mori Santyago Kalatrava tomonidan ishlab chiqilgan va lochin parvozidan ilhomlangan BAA paviloni Dubayning janubiy qismida joylashgan bo‘ladi.
2013 yilning noyabrida Dubay 2020 yilda nufuzli World Expo xalqaro ko‘rgazmasini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritgan. Bu yirik xalqaro hodisa shahar iqtisodiyoti, turizm va mehmonxona sanoatining rivojlanishiga, shuningdek Dubayning katta imkoniyatlar markazi nufuzini yana bir bor mustahkamlashi uchun xizmat qiladi. BAA Expo tashkilotchiligi huquqini qo‘lga kiritgan Yaqin Sharqning birinchi mamlakati bo‘ldi. Ko‘rgazma "Aql sohiblarini birlashtirib, kelajakni barpo etamiz" shiori ostida bo‘lib o‘tadi.
Tavsiya etamiz
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
Sport | 19:12
-
AQShda 2 yoshli bola 15-qavatdan tushib ketib, omon qoldi
Jahon | 19:00
-
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
Jahon | 18:21
-
Rossiya qo‘shini urush boshidan beri bir hujumda rekord darajadagi dronlarni uchirdi
Jahon | 17:25
Mavzuga oid

10:18 / 15.05.2025
Rossiya federal budjetning deyarli uchdan bir qismini maxfiylashtirdi

15:03 / 03.05.2025
Tramp AQSh harbiy budjetini 1 trln dollargacha oshirmoqchi

00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi

14:36 / 25.04.2025