Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada yog‘ingarchilik miqdori bo‘yicha rekordlar yangilanmoqda
Rossiya poytaxtida yog‘ingarchilik bo‘yicha navbatdagi rekord ko‘rsatkich o‘rnatildi. Shu bilan oylik me'yor ham ko‘tarildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi "Fobos" meteomarkaziga tayangan holda.
11 noyabr kuni kunduzi yoqqan kuchli yomg‘ir kechga borib qorga aylangan va yarim tungacha davom etgan. "Bir kun davomida yoqqan yog‘ingarchilik miqdori rekordni ortda qoldirdi. 1969 yilda, bir kunda 13,5 mm yog‘in yoqqan bo‘lsa, endilikda bu ko‘rsatkich 25 mmni tashkil etmoqda", - deyiladi "Fobos" markazi xabarida.
Ta'kidlanishicha, shu bilan noyabr oyining 58 mmga teng bo‘lgan me'yoriiy ko‘rsatkichi allaqachon ortda qoldirilgan. 11 noyabrdagi yog‘ingarchilik hisobiga Moskvada shu paytgacha oylik me'yorning 130 foizi, ya'ni 74 mmga teng yog‘in yoqqan.
Mavzuga oid
17:35
O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi
10:50
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
20:44 / 13.07.2026