Kiyev şahar hokimi Vitaliy Kliçkoning ma’lum qilişiça, hujum vaqtida poytaxtda havo hujumidan mudofaa (HHM) tizimlari faoliyat yuritgan.

Uning sözlariga köra, Goloseyev tumanida ikki manzilda omborxonalarga zarba tekkan. Buning oqibatida yonğinlar yuzaga kelgan.

Darnitsa tumanida esa raketa parçalari oçiq hududga tuşgan va bir neçta avtomobilga öt ketgan.

Kiyev şahar harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkaçenko ma’lum qilişiça, Darnitskiy tumanida maktab binosi yonida katta çuqurlik hosil bölgan. Maktab binolarining oynasi singan, biroq inşootning öziga jiddiy zarar yetmagan. Şu bilan birga, uşbu hududda ham avtomobillar yongani qayd etilgan.

Ukraina Qurolli kuçlari Havo kuçlari Rossiya tomonidan poytaxtga qarşi amalga oşirilgan hujumni tasdiqladi.

Ayni paytda hujum oqibatida halok bölganlar yoki jarohatlanganlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Şu bilan birga, 13 iyul kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan ötkazgan qöşma matbuot anjumanida Ukrainaga yangi avlod SAMP/T zenit-raketa majmualari yetkazib berilişini ma’lum qildi. Uning aytişiça, bu majmualar Ukrainaning havo mudofaa salohiyatini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Bundan taşqari, Fransiya va Ukraina Kiyev uçun 16 ta Rafale qiruvçi samolyotini xarid qiliş böyiça «yöl xaritasi»ni kelişib oldi. Samolyotlar 2028–2029 yillarda Ukraina havo hududida xizmatni boşlaşi rejalaştirilgan. Şuningdek, Ukrainaga zamonaviy radiolokatsiya tizimlari ham yetkazib berilişi közda tutilgan.