Sport | 11:51 / 13.11.2016
7209
1 daqiqa o‘qiladi

Aduris 86 yil oldingi rekordni yangiladi

Foto: eurosport.com

Ispaniya terma jamoasiga chaqirilgan "Atletik" hujumchisi Arits Aduris terma jamoa tarixida gol urgan eng yoshi katta futbolchi bo‘ldi.

U JCh-2018 saralash bosqichi bahslari doirasida Makedoniya bilan bahs o‘tkazilgan kunda 35 yoshu 275 kunlik edi.

Avvalgi rekord 86 yil deganda yangilandi. Shu paytga qadar Ispaniya termasi tarkibida gol kiritgan eng yoshi katta futbolchi Xose Mariya Penya bo‘lgan - 35 yoshu 225 kunlik. Ro‘yxatning uchinchi o‘rnini Alfredo Di Stefano (35 yosh va 142 kun).

Ma'lumot uchun, Aduris Ispaniya termasidagi o‘z faoliyatini 29 yoshida, Yevropa chempionati-2012 saralash bosqichida litvaliklarga qarshi o‘yindan boshlagan. Futbolchi Ispaniya termasi tarkibida 10ta o‘yin o‘tkazgan va ikkita golga mualliflik qilgan.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid