Sport | 20:43 / 13.11.2016
10726
2 daqiqa o‘qiladi

Makgregor: Endi men istalgan raqibni yanchib tashlayman

Bugun Konor Makgregor Eddi Alvaresni yengib, 2ta vazn toifasida chempion bo‘lgan UFC tarixidagi ilk sportchiga aylandi (yengil va yarim yengil vazn toifasi). Jangdan keyin bergan intervyusida irlandiyalik chempion o‘z imkoniyatlarini juda yuqori baholadi.

Jangchi faoliyatidagi bu muhim g‘alabasidan keyin "unga hech kim qo‘rqinchli emasligini" aytgan.

"Alvares — mening darajamdagi jangchi emas. U haqiqiy jangchi, ammo men undan ancha kuchliman. Va'da beramanki, mendan bu kamarlarni olmoqchi bo‘lgan istalgan raqibni yanchib tashlayman. Men barchani yanchaman! Bilib qo‘yinglar, men hech kimdan qilgan ishim uchun uzr so‘ramayman ham. Buni chin qalbimdan aytayapman. Meni kim jangga chaqirsa, men uni uyatga qoldiraman", degan Makgregor.

Qayd etish kerakki, rossiyalik Xabib Nurmagomedov bugun Makgregorni jangga chorladi. Rossiyalik sportchi irlandni u hali Alvares bilan jangini o‘tkazmaganidayoq jangga chaqirgandi. U o‘z raqibi Maykl Jonsonni yengach, Makgregorni "irland takasaltangi" deb atagandi.

Konor Makgregor endilikda universal jangchilar chempionati (UFC)ning ikki vazn toifasida UFC chempioni bo‘lgan ilk jangchiga aylandi. 

2015 yilning dekabr oyida Konor Joze Aldoni nokautga uchratib, yarim yengil vazn toifasida UFC chempionlik kamarini himoya qilgan edi.

Mavzuga oid