Trampning prezident etib tayinlanishi tufayli NATO sammiti bahorga qoldirildi
Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp prezidentlik poygalarida g‘olib bo‘lganidan so‘ng Shimoliy Atlantika alyansi vakillari NATO duch keladigan o‘zgarishlarni kutishmoqda. Der Spiegel nashri shu haqida xabar berdi.
Manbada yozilishicha, NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyansning navbatdagi sammitida Hillari Klinton uchun "quyuq ziyofat" tashkillashtirishni rejalashtirgandi, biroq AQShdagi prezidentlik saylovlaridan keyin alyans yangi prezidentning NATOga nisbatan siyosati borasida aniq bir qarorga kelishiga vaqt berish maqsadida uchrashuv o‘tkazishni bahorga qoldirishga qaror qildi.
Ma'lumotda ta'kidlanishicha, yangi tanlangan AQSh prezidentining NATOga nisbatan siyosatiga doir bir necha ssenariy mavjud. Ularga ko‘ra, Trampning qarorlaridan biri Yevropadagi harbiy ishtirokni kamaytirish; boshqa biri esa mintaqadagi harbiy kuchlardan umuman voz kechishni ko‘zda tutadi.
Hodisalarning eng ijobiy natijasi sifatida Vashingtonning Yevropa mamlakatlaridan o‘z mudofaasi xarajatlarini oshirishga erishishi ta'kidlanmoqda.
Mavzuga oid
20:43 / 12.11.2024
NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro «trayektoriyasini» o‘zgartirishga chaqirdi
16:07 / 12.11.2024
Greenpeace: NATO harbiy jihatdan Rossiyadan sezilarli darajada ustundir
01:18 / 10.11.2024
Rossiyalik o‘qituvchilar «NATOdan himoyalanish uchun» folgadan qalpoqlar yasadi
10:09 / 09.11.2024