Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya TIV rahbari Yevroparlament rahbarini ikkiyuzlamachilikda aybladi
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Anqaraga sanksiyalar qo‘llashi bilan tahdid qilgan Yevroparlament raisi Martin Shultsni ikkiyuzlamachilikda aybladi.
Shults 13 noyabr kuni Turkiyaga nisbatan bu mamlakatda muxolifat vakillari bo‘lgan deputatlar hamda jurnalistlar hibsga olinayotgani tufayli iqtisodiy sanksiyalar qo‘llanishi mumkinligi haqida gapirgandi.
"Shultsning tahdidona chiqishi bizga hech qanaqa ta'sir ko‘rsatmaydi. Yaxshisi u Turkiyada Kurdiston ishchilar partiyasi faoliyatini to‘xtatish va terrorchilarga qarshi kurash olib borish to‘g‘risida qayg‘ursin. Biz uning bayonotida ikkiyoqlama standartlarni ko‘ramiz. Bizga inson huquqlaridan saboq bermoqchi bo‘lganlarning ikkiyuzlamachiligi Xitoydagilarga ham ayon bo‘lsa kerak", — degan Chovusho‘g‘li Anqaraga rasmiy tashrif bilan kelgan xitoylik hamkasbi Van I bilan o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida.
Bundan oldinroq Turkiya prokuraturasi parlamentning Xalqlarning demokratik partiyasi vakillari bo‘lgan 12 deputatini, shu jumladan hamraislar Selaxattin Demirtosh va Figen Yuksaktog‘ni hibs qilgandi. Keyinroq sud yana 10 deputatni hibsga olishga order berdi. O‘tgan haftada esa muxolifatchilar nashri bo‘lmish Cumhuriyet gazetasi xodimlarini qo‘lga olish ishlari bo‘lib o‘tdi.
Yevroparlament rahbari Turkiyaga sanksiyalar qo‘llanishi bilan tahdid qildi
Mavzuga oid
09:32 / 21.05.2026
Mindich Zelenskiy ustidan sudga shikoyat qildi
18:39 / 23.04.2026
Qirg‘iziston ilk marta Yevropa Ittifoqining sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurashish mexanizmiga tushdi
15:47 / 16.03.2026
Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha blokadasini bekor qildi
21:47 / 12.03.2026