Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni bekor qilmaydi
Yaqin Sharqdagi mojaro tufayli neft narxining keskin oshishiga qaramay, Rossiyaga nisbatan sanksiyalar yumshatilmasligi ma’lum qilindi.
Foto: Getty images
Amerikaning Rossiya neftiga qarshi sanksiyalari bekor qilinmaydi. Bu haqda AQSh energetika vaziri Kris Rayt CNN efirida ma’lum qildi.
Shuningdek, u Eron rasmiysining AQSh harbiy operatsiyasi fonida jahon neft narxi yaqin kelajakda bir barrel uchun 200 dollarga yetishi mumkinligi haqidagi da’vosiga shubha bildirdi.
«Men buni ehtimoldan yiroq deb aytgan bo‘lardim, ammo biz harbiy operatsiya va muammoni hal qilishga e’tibor qaratmoqdamiz», dedi Rayt.
Vashingtonning Rossiyaga nisbatan sanksiyalar siyosati o‘zgarmayapti, neft bozoridagi narxlarni jilovlash bo‘yicha qadamlar esa allaqachon qo‘yilmoqda, deb ta’kidlagandi 9 mart kuni Rayt. U AQShning Hindistonga Rossiya neftini sotib olish uchun litsenziya berish to‘g‘risidagi qaroriga shunday izoh berdi.
Shu kuni Reuters manbalarga tayanib, AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni yanada yumshatish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. Bu qaror Yaqin Sharqdagi mojaro fonida neft narxini barqarorlashtirishga intilish bilan izohlangan. Keyinroq Ruminiya va Bangladesh ham Vashingtondan Rossiya nefti bilan ishlashga ruxsat berishni so‘radi. Dakka Hindiston litsenziyasiga o‘xshash hujjat so‘ramoqda.
AQSh va Isroilning Eronga qarshi operatsiyasi va Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali yoqilg‘i tashuvchi kemalar tranzitini amalda to‘sib qo‘yishi fonida jahon bozorida neft narxi keskin oshdi. Bir necha kun oldin bir barrel uchun deyarli 120 dollargacha ko‘tarilish sodir bo‘ldi, keyin Brent narxi tushdi, ammo 12 mart kuni ertalab xuddi shu hajm uchun yana 100 dollardan oshdi.
Vaziyatning keskinlashuvi fonida jahon davlatlari mavjud neft zaxiralarini bo‘shatishni muhokama qila boshladi, ba’zilari, masalan, Vengriya yoqilg‘i eksportiga taqiq va cheklangan narxlarni joriy qildi.
Mavzuga oid
22:53
Tramp AQSh neft narxining oshishidan foyda ko‘rishini aytdi
21:07
Tramp Eronning jahon chempionatidagi ishtiroki o‘rinli emasligini aytdi
19:07
AQShda NUJ maxfiy dasturlariga rahbarlik qilgan general sirli ravishda g‘oyib bo‘ldi
16:14