Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng ko‘p maosh oladigan davlat rahbarlari reytingi e'lon qilindi
Statista tadqiqot markazi tomonidan eng ko‘p maosh oluvchi davlat rahbarlari to‘g‘risida ma'lumot e'lon qilindi. Bu haqda Echos gazetasi yozmoqda.
Unga ko‘ra, birinchi o‘rinni 400 ming dollar yillik maosh bilan AQSh prezidenti Barak Obama egallab turibdi.
Ikkinchi o‘rinda 260 ming dollarlik yillik maosh bilan Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo, uchinchi o‘rinda esa 234 ming dollarlik yillik maosh bilan Germaniya kansleri Angela Merkel bormoqda.
Fransiya prezidenti Fransua Olland sakkizinchi o‘rinda qayd etilgan. Uning maoshi bir yilga 194 ming dollarni tashkil etar ekan.
Ollandan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bormoqda – yiliga 136 ming dollarlik maosh bilan to‘qqizinchi o‘rin. Kuchli o‘ntalikni Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi 125 ming dollarlik yillik maoshi bilan yopib bergan.
Ro‘yxatga, shuningdek, JAR prezidenti Jyeykob Zuma (223 ming dollar), Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an (197 ming dollar), Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey (215 ming dollar) va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe (203 ming dollar) ham kiritilgan.
Mavzuga oid
19:22 / 05.05.2022
Tez yordam xodimlarining maoshi 10-15 foizga oshiriladi
21:01 / 26.04.2022
O‘zbekistonliklarning o‘rtacha ish haqi statistikasi e’lon qilindi
21:53 / 20.04.2022
Rossiyani tark etgan kompaniyalar 180 mingdan ortiq xodimiga maosh to‘lashda davom etmoqda
08:21 / 29.03.2022