Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyev surati pulga "tushiriladi"
Qozog‘istonda prezident Nursulton Nazarboyev surati aks ettirilgan suvenir kupyura chiqarilmoqda. Bu haqda RIA Novosti "Xabar 24" telekanali saytiga asoslangan holda xabar bergan.
Banknota mamlakatda Birinchi prezident kuni nishonlanadigan sana — 1 dekabrda chiqarilishi aytilgan.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, Ostona shahrida shu kunlarda "Qozog‘iston Mustaqilligining 25 yilligi: milliy valyuta" mavzusida Qozog‘iston Milliy banki anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
"Anjumanda Qozog‘iston Milliy banki raisi Doniyor Akishev tomonidan mamlakat Mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan Nursulton Nazarboyev surati tushirilgan 10 mingtalik banknota va tanga taqdim qilindi. 10 mingtalik tanga 1 dekabr kuni muomalaga kiritiladi", — deyilgan xabarda.

Mavzuga oid
17:42 / 06.07.2026
Qozog‘istonning bosh masjidi Nazarboyev sharafiga «Nursulton» nomini oldi
20:04 / 29.12.2025
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
11:46 / 09.01.2025
“Qozoqgeyt” ishi – AQSh Qozog‘iston prezidenti va bosh vazirini nimada ayblagan edi?
21:48 / 04.01.2025