Qozoğistonning Ostona şahrida joylaşgan Respublika boş masjidiga rasman «Nursulton masjidi» degan yangi nom berildi. Bu haqda Qozoğiston musulmonlari idorasi xabar qildi.
Qozoğistonning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev taşabbusi bilan qurilişi boşlangan Ostonadagi boş masjid 2022 yil avgust oyida oçilgan edi. Bu Qozoğiston va Markaziy Osiyodagi eng yirik masjiddir. Uning asosiy ibodat zali 30 ming kişiga möljallangan bölib, tutaş hudud bilan birgalikda majmua bir vaqtning özida 120 minggaça ziyoratçini qabul qilişi mumkin. Törtta minoraning balandligi 130 metrga, asosiy gumbazi esa deyarli 90 metrga yetadi.
Masjid oçilişida sözga çiqqan Nazarboyev 2019 yil mart oyida prezidentlik vakolati tugaşidan bir kun oldin masjidga tamal toşi qöyganini eslatdi.
Qozoğiston musulmonlari idorasi 6 iyul - Nursulton Nazarboyevning tuğilgan kuniga töğri keladigan poytaxt kuni arafasida masjidning nomini özgartirganini e’lon qildi. 2026 yilda Qozoğistonning birinçi prezidenti 86 yoşga töldi.
2022 yil yanvar voqealaridan oldin Qozoğistonda birinçi prezidentning tuğilgan kuni keng nişonlangan va Nursulton Nazarboyevning özi mamlakat hayotidagi asosiy şaxslardan biri bölib qolayotgan edi.
Biroq yanvardagi tartibsizliklardan söng Nazarboyev barça lavozimlarini yöqotib, Qozoğistonning içki va taşqi siyosatida deyarli iştirok etmay qöydi. 2023 yil boşida u kafolatlar va imtiyozlardan, şuningdek, barça faxriy maqomlardan, jumladan, «Elboşi» maqomidan mahrum etildi. Uning oila a’zolari va yaqin kişilaridan bir qançasi jinoiy javobgarlikka tortildi, boşqalari davlat lavozimlaridan mahrum etildi. 2019 yilda Nazarboyev şarafiga Nur-Sulton deb özgartirilgan mamlakat poytaxtiga avvalgi Ostona nomi qaytarildi.
Ötgan yili Nazarboyev 85 yillik yubileyini nişonladi, biroq mamlakatda bu munosabat bilan heç qanday rasmiy tadbirlar ötkazilmadi.











