Samvel Babayan: Bizda hali imkoniyat bor
Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘yinidan keyin ikkala jamoa murabbiylari matbuot anjumanida ishtirok etishdi. Dastlab O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O‘yinni yaxshi boshlagan holda yomon natija bilan qaytayotganimizdan afsusdaman.
Shogirdlarimga rahmat aytaman. Ular yaxshi o‘ynashdi. Ikki vaziyatda ikki gol o‘tkazib yubordik. Albatta, Janubiy Koreya kuchli jamoa. Shunday bo‘lsa-da bizda hali imkoniyat bor. Shu imkoniyatni yuzaga chiqarish uchun tayyorgarlik ko‘ramiz. Ikkinchi bo‘limda maydonga tushirilgan bo‘ydor Kim Shin Uk haqida yaxshi bilgan edim. Lekin unga qarshi o‘ynagan futbolchimiz bugun unga yutqazdi. Uzatilgan to‘pga astoydil sakrashi kerak edi”, degan Samvel Babayan.
Mavzuga oid
14:32 / 29.06.2024
Rasman: «Navbahor» va Babayan o‘zaro kelishuvga asosan shartnomani bekor qilishdi
13:00 / 12.11.2022
Poytaxt klublarining 21 yillik hukmronligi davom etadimi? Toshkentda derbi, Kapadze – Berdiyev, Qosimov Babayanga qarshi
19:03 / 14.09.2022
O‘FA jurnalistga tazyiq o‘tkazgan Samvel Babayanga chora ko‘rdi
16:54 / 12.09.2022