Maldiv prezidenti Muhammad Muizzu salkam 15 soat davomida matbuot anjumani ötkazib, rekord örnatdi, deb xabar beradi The Daily Guardian.

Qayd etilişiça, matbuot anjumani 3 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da boşlangan va yarim tunda yakunlangan. Muizzu vaqti-vaqti bilan ibodat uçun tanaffusga çiqib turgan.

France 24 telekanalining ma’lum qilişiça, anjuman 14 soat 54 daqiqa davom etgan. U Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tomonidan 2019 yilda örnatilgan 14 soatlik matbuot anjumani rekordini yangilagan. Zelenskiydan oldingi rekord 7 soatdan ortiq körsatkiç bilan Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoga tegişli edi.

Muizzu ofisiga köra, matbuot anjumani Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan taşkil etilgan. Öz çiqişi davomida prezident uning demokratiyadagi roli naqadar muhimligini ta’kidlagan.

Eslatib ötamiz, aprel boşlarida Nyu Jyersidan saylangan demokrat Kori Buker senatda eng uzoq nutq sözlaş böyiça rekord örnatgandi. U 25 soat davomida AQŞ prezidenti Donald Tramp va uning safdoşlari siyosatini tanqid qilgan, xususan, hozirgi ma’muriyatning ijtimoiy ta’minot, ta’lim, migratsiya va soğliqni saqlaş sohasidagi siyosatiga qarşi çiqqan edi.