Jamiyat | 11:35 / 16.11.2016
23450
2 daqiqa o‘qiladi

Aroqxo‘rlik sabab bir oilada ikki go‘dak va bir ayol dahshatli o‘lim topdi

Illyustrativ surat

Sardor (ismlar o‘zgartirilgan) qo‘li gul usta bo‘lib, xorijda ishlar, kech kuz kirib kelganida vataniga qaytib kelardi. Kunlarning birida hamqishloqlari bilan yig‘ilishdi-da, aroqqa zo‘r berishdi. Buning oqibatida ular orasida janjal chiqdi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.

Shunda uning oshnalaridan biri, u xorijda yurgan payt, xotini suyuqoyoq xotinlar bilan apoq-chapoq bo‘lib yurganligini mast holatda aytib qoldi. Bu gapdan jahli chiqqan Sardor unga tashlandi. Ulfatlar ularni ajratib qo‘ydi.

Oradan kunlar o‘tib, 10 yanvar kuni Sardor qizi Nazokatning tug‘ilgan kunini uyida nishonlab berdi. Qizi olti yoshga to‘lgan edi. Dasturxonga tag‘in aroq qo‘yildi. Ziyofat kechgacha davom etdi. Mehmonlar tarqalgach, mast bo‘lib qolgan Sardor ulfatlari bilan bo‘lib o‘tgan voqeani esladi va g‘azablanib, xotini Shohida ishlarini qilib yurgan oshxona tomon yo‘l oldi.

U xotini bilan janjallasha ketdi. Shohida bu gaplarning bari yolg‘on ekanligi, unga tuhmat qilinganini ko‘zida yosh bilan aytdi. Ammo Sardorning hushi o‘zida emasdi. U oshxonada turgan pichoqni olib, xotinining ko‘ksiga sanchdi. Keyin uyga kirib avval qizi Nazokatni, so‘ngra o‘g‘li Omonjonni pichoqlab o‘ldirdi. Shundan keyin o‘z joniga qasd qildi.

Aroqxo‘rlik kabi jirkanch illat guldek oilaning dahshatli o‘lim topishiga sababchi bo‘ldi.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid