Bosqinchilik yo‘lida amakisini o‘ldirgan jiyan uzoq yilga ozodlikdan mahrum etildi
U rasman ishsiz edi. Shahardagi kompyuterxonalardan birida norasmiy ishlar, foydalanuvchilar siyrak yoki hech kim bo‘lmagan paytlarda kompyuterdagi o‘yinlarni o‘ynab, turli kinofilmlarni ko‘rib, vaqtichog‘lik qilar edi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.
Saydullo (ismlar o‘zgartirilgan) 19 yoshida jinoyat qilishga ulgurgan Abdiqodir bilan tanishib qoldi. Joriy yilning aprel oyining o‘rtalarida ikki o‘rtoq Saydulloning amakisinikiga o‘g‘irlikka tushmoqchi bo‘lishdi. Ularga Yusuf ismli yigit pul evaziga “Matiz” mashinasini berib turadigan bo‘ldi.
Saydullo va Abdiqodir mashinada Qo‘qondan Beshariqqa yo‘l olishdi. Furqat tumani markazidagi chorrahadan o‘tganlaridan so‘ng dala chetida to‘xtashdi. Ular mashinaning davlat raqamini yechib olishdi-da, amakisi yashaydigan qishloqqa kirib borishdi.
Jiyan amakisining o‘g‘li Komil bilan ko‘rishgan bo‘lib, bahonada hovliga kirib oldi. Kun qorong‘i edi. Uchovlon gaplashib o‘tirishganida, Saydullo yonidan pichoq chiqarib, Komilning bo‘yniga sanchdi. So‘ngra yiqilib qolgan Komilning yuziga yostiq bosdi. Kelishib olinganidek, Abdiqodir uning qorniga bir necha marta xanjar sanchdi.
Komiljon tipirchilamay qolgach, Saydullo bilan Abdiqodir qo‘llariga qo‘lqop kiyib, qo‘shni xonaga kirib borishdi. Saydullo u yerda uxlab yotgan amakisiga ham pichoq sanchdi, unga Abdiqodir ham qo‘shildi.
So‘ngra ular uydan sintetik qop va xalta ichidagi pullarni olib izlariga qaytishdi. Uyga kelib pullarni sanab ko‘rishgan edi, olti million yuz ming so‘m chiqdi. Ular “o‘lja”ni bo‘lib olishdi.
Ammo ko‘p o‘tmay, bosqinchilar birin-ketin hibsga olindi.
Sud 22 yashar S.Xoldorov va uning jinoiy sheriklari A.To‘lanov va Yu.Boqijonovni uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum etdi.
Mavzuga oid
19:31 / 29.11.2024
Andijonda mashinasida pul olib yuradigan fuqaro niqobli shaxslar hujumiga uchradi
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
14:20 / 15.10.2024
Yerni noqonuniy egallab olish bo‘yicha qo‘llangan jazo choralari aytildi
16:05 / 03.08.2024