Sport | 16:41 / 16.11.2016
8840
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Kolumbiyaga qarshi o‘yindan oldin. Buning uchun Messi yanada ko‘proq hurmatga sazovor

Argentina terma jamoasining JCh-2018 saralashi doirasida San-Xuan shahrida Kolumbiyani qabul qilgan o‘yinidan oldin jamoa avtobusi stadionga kirib kelganida fotomuxbirlar bir vaziyatni ilg‘ashdi.

Stadion hovlisida to‘planib turgan muxlislarga avtobusdagi faqat bir futbolchi, jamoa sardori Lionel Messi qo‘l silkitib, ularga salom yo‘lladi.

Amerika Kubogidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin muxlislar tomonidan keskin tanqid qilingan, natijada, terma jamoadan ketishga qaror qilgan bu futbolchi bugungi kunda Argentina futbolini "yelkasida ko‘tarib yuribdi".

Statistikaga qaralsa, Argentinaning keyingi 13ta uchrashuvidan 6tasida Lionel Messi ishtirok etgan va 5 g‘alaba hamda 1 mag‘lubiyat (Braziliya maydonidagi 0:3) qayd etilgan. Holbuki, u ishtirok etmagan 7 uchrashuvda atigi bitta g‘alabaga erishilgandi. Messi terma jamoaning oxirgi 11 golidan 9tasida ishtirok etdi (4 gol va 5ta pas). U Kolumbiyaga qarshi o‘yinda ham jarima zarbasini chiroyli golga aylantirish bilan birga, yana 2ta golga hammualliflik qildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid