Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp avvalroq «kasal» deb atagan Kolumbiya prezidenti bilan suhbatlashdi
Shuningdek, u bilan uchrashuvni intiqlik bilan kutayotganini aytdi.
Foto: AFP
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda AQSh va Kolumbiya vakillarining uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Fox News yozdi.
«Men uchun Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro bilan suhbatlashish katta sharaf edi, u giyohvand moddalar bilan bog‘liq vaziyatni va bizda bo‘lgan boshqa kelishmovchiliklarni tushuntirish uchun qo‘ng‘iroq qildi. Men unga qo‘ng‘iroq va suhbat ohangi uchun minnatdorman va yaqin orada u bilan uchrashishni intiqlik bilan kutmoqdaman», deb ta’kidladi Tramp.
Oq uy rahbarining qo‘shimcha qilishicha, hozir davlat kotibi Marko Rubio va Kolumbiya tashqi ishlar vaziri o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda. Tomonlar Oq uydagi uchrashuvni muhokama qilmoqda.
Jurnalistlarning eslatishicha, AQSh prezidenti Venesueladagi operatsiyadan so‘ng Gustavo Petroni ogohlantirgan. Xususan, uning aytishicha, «Kolumbiya juda kasal» va mamlakatni «kokain ishlab chiqarishni yaxshi ko‘radigan kasal odam boshqaradi».
Venesueladagi Maduroni qo‘lga olish operatsiyasidan so‘ng Vashington G‘arbiy yarimsharning boshqa davlatlariga nisbatan bir qator bayonotlar berdi. Xususan, AQSh davlat kotibi Marko Rubio Kuba hukumatini ogohlantirdi, Donald Tramp esa Kolumbiyada operatsiya o‘tkazilishi ehtimolini istisno qilmadi.
Bundan tashqari, AQSh Grenlandiyani qo‘lga kiritish niyatini e’lon qilishda davom etmoqda. Xususan, The Economist jurnalistlari avvalroq Vashington orol hukumatiga taklif qilishi mumkin bo‘lgan kelishuv ustida ishlayotgani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
23:05 / 19.02.2026
Tramp «Tinchlik kengashi» yordamida BMT rolini kuchaytirish rejalarini e’lon qildi
22:36 / 19.02.2026
Qozog‘iston va yana to‘rt davlat G‘azodagi xavfsizlik kuchlariga qo‘shin yuboradi
22:15 / 19.02.2026
O‘zbekiston G‘azoda uy-joy binolari, bolalar bog‘chasi, maktab va shifoxonalar qurishga tayyor – Shavkat Mirziyoyev
18:49 / 19.02.2026