Sport | 09:37 / 16.11.2016
9467
1 daqiqa o‘qiladi

Ku Ja Chol O‘zbekistonga urilgan ikkinchi gol qanday yuzaga kelgani haqida aytib berdi

Foto: FIFA matbuot xizmati

JCh-2018 saralash bosqichining 5-turi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi safarda Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib bordi. O‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganida mezbonlar o‘yinchisi Ku Ja Chol g‘alaba to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. "Augsburg" futbolchisi FIFA rasmiy saytiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

"Murabbiy menga orqaroqda o‘ynashim kerakligini aytdi. U yerda Ki Sun Yung bilan birgalikda qisqa pas orqali o‘ynab, so‘ngra uzun pas bilan to‘pni oldinga chiziqqa yetkazishim kerak edi. Kim Shin Uk zaxiradan maydonga tushganidan keyin yonimga keldi va oldinga chiziqqa o‘tishim zarurligini hamda o‘ziga yetkazilgan uzatmani menga tashlab berishini tushuntirdi. O‘ylangan kombinatsiyani golga aylantira oldik", - deydi Ku Ja Chol.

Mavzuga oid