Sport | 19:08 / 14.11.2016
6794
2 daqiqa o‘qiladi

Koreyaliklar termasi hujumchisi: «Hayajonni yo‘qotib, sovuqqon bo‘lishimiz shart»

Foto: Daily Capital

Bugun Seulda O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan tashkil qilingan matbuot anjumanida Janubiy Koreya bosh murabbiyi Uli Shtilike bilan birga ishtirok etgan Germaniyaning “Augsburg” klubi yarim himoyachisi Ku Ja Chol ham jurnalistlarning savollariga javob qaytargan.

“Ertangi o‘yin biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki biz raqibdan 2 ochko ortda qolyapmiz. Uy o‘yini ekanini hisobga olgan holda faqat 3 ochkoni qo‘lga kiritishimiz lozim. Shunda yaxshi o‘ringa ko‘tarilamiz”, — deya so‘z boshlagan Ku Ja Chol.

“Albatta, Kanada bilan o‘yin biz uchun foydali bo‘ldi. Lekin JCh saralashi va o‘rtoqlik o‘yini o‘rtasida katta tafovut bor. Bizga ertangi o‘yinda sovuqqonlik juda kerak. Hayot-mamot o‘yini bo‘lganligi tufayli yakka kurashlarda yutqazishga haqqimiz yo‘q. Jamoadoshlarimning kuchini bilgan holda aytamanki, ertangi o‘yindan yaxshi natija kutayapman. Hayajonni yo‘qotib, sovuqqon bo‘lishimiz shart”, — degan Bundesligada to‘p suruvchi ushbu futbolchi.

JCh-2014 saralash bosqichidagi Seulda o‘tgan Janubiy Koreya-O‘zbekiston o‘yinida Ku Ja Chol jarohati sabab qatnasha olmagan edi. U o‘sha davrni eslab, O‘zbekiston haqida fikr bildirgan.

“4 yil avval bo‘lgan o‘sha o‘yinni tribunadan turib kuzatganman. Stadion tomoshabinlar bilan liq to‘lgan edi. Juda hayajonli o‘sha o‘yinda O‘zbekiston yaxshi o‘ynagan edi. Lekin meni ta'sirlantiradigan vaziyat bo‘lmagandi”, degan u. 

Mavzuga oid