Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI yevrohududning 8 mamlakatida byudjyet tanqisligi yuz berishidan ogohlantirmoqda
Foto: Reuters
Yevropa Ittifoqi Italiya, Portugaliya, Ispaniya kabi tashkilotga a'zo 8 mamlakatning kelasi yil uchun byudjyeti yevro hududi yagona valyuta qoidalariga mos kelmasligidan ogohlantirmoqda.
YeI ijroiya komissiyasiga ko‘ra, qator mamlakatlarda "byudjyetga kiritilishi rejalashtirilgan tuzatishlar amalga oshirilsa, tanqislik yuz berishi mumkin".
Yevro hududi qoidalariga ko‘ra, mamlakatlar o‘zlarining byudjyet tanqisligini YaIMning 3 foizi yoki undan past miqdorda saqlashi talab etiladi.
Komissiyaning ta'kidlashicha, Brexit hamda AQShdagi saylov natijalari sababli yuzaga kelgan noaniqlar tufayli iqtisodiyotning zaiflashuvi Yevropa mamlakatlariga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Komissiya rahbari Jan-Klod Yunkerning aytishicha, "byudjyetini yevro talabiga muvofiqlashtirganlar ko‘proq sarmoya kiritishlari kerak, byudjyet tanqisligi katta bo‘lgan mamlakatlar esa moliyaviy islohotlar o‘tkazishi va belgilangan me'yorni ta'minlash choralarini ko‘rishlari lozim".
Mavzuga oid
13:09
Hindiston zavodlari AQSh bilan kelishuv uchun Rossiya neftidan voz kechmoqda
09:34
AQSh Mudofaa vazirligi Harvard bilan ilmiy hamkorlikni to‘xtatmoqda
22:13 / 08.02.2026
AQSh Yaqin Sharqqa harbiy yuklar tashish sur’atini oshirmoqda
15:59 / 07.02.2026