Jahon | 19:51 / 17.11.2016
10357
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an G‘arbni islom dinini obro‘sizlantirish uchun IShIDni qo‘llashda aybladi

Foto: Samaa.tv

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning fikricha, G‘arb mamlakatlari islom dinini obro‘sizlantirish maqsadida IShIDni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

"Biz IShIDga qarshi kurashishga qaror qilganmiz va bu ishni davom ettirmoqdamiz. Bu tashkilotning islom diniga aloqasi yo‘q, hech kim islom diniga IShID kabi ko‘p zarar keltirmagan. Bizning din insonni o‘ldirishga huquq bermaydi", — degan Erdo‘g‘an Pokiston parlamentidagi chiqishi vaqtida. NTV telekanali uning chiqishini translyatsiya qilgan.

"Kim ular tomonida turibdi? Ular tomonida G‘arb turibdi. Biz ularda G‘arbda ishlab chiqarilgan qurollar borligini isbotlab berishimiz mumkin. Ular islomni obro‘sizlantirish uchun shunday qilishmoqda", — deya qo‘shimcha qilgan Turkiya prezidenti.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid