Tramp özi «terrorçi çiqindilar» deb atagan jangarilar «köp yillar va hatto asrlar davomida misli körilmagan darajada asosan begunoh nasroniylarga hujum qilişgani va şafqatsizlarça öldirib kelişgani»ni aytgan.
«Men oldinroq bu terrorçilarni ogohlantirgan edim: agar ular nasroniylarni qirib taşlaşni töxtatmasa, bu juda qimmatga tuşadi. Bugun keçqurun şu narsa röy berdi. Uruş vazirligi [Tramp AQŞ mudofaa vazirligini şunday qayta nomlagan] köp sonli ideal zarbalar yölladi, bunaqasini faqat Qöşma Ştatlar qila oladi», – deya yozdi Oq uy rahbari.
«Parvardigor bizning harbiylarimizni yorlaqasin va barçaga ROJDeSTVO MUBORAK bölsin, jumladan, agar nasroniylarni öldirişni töxtatmaydigan bölsa, köproq böladigan ölik terrorçilarga ham», – degan Tramp.
U aynan qaysi obektlar zarbaga uçraganiga aniqlik kiritmagan.
AQŞ Qurolli kuçlarining Afrika qömondonligi (AFRICOM) X ijtimoiy tarmoğidagi xabarida zarbalar «Nigeriya hukumati sörovi bilan yöllangani»ni ma’lum qilgan.
Şu bilan birga, Amerika harbiylarining dastlabki xabarida nişonlar «Soboto» deb nomlangan ştatda joylaşgani aytilgandi. Nigeriyada bunday nomli region yöq, ammo Sokoto ştati bor va u mamlakatning şimoli-ğarbida joylaşgan bölib, u yerda asosan musulmon aholi istiqomat qiladi; bu regionda jangarilarning hujumlari tez-tez sodir bölib turadi.
Keyinroq amerikalik harbiylar dastlabki xabarini öçirib taşladi va yangi postda ştat nomi töğri körsatildi.
AFRICOM bayonotiga köra, zarba oqibatida «„IŞID“ning köplab terrorçilari» öldirilgan.
«„IŞID“ga qarşi berilgan ajalvor zarbalar armiyamiz qudratini hamda mamlakat içkarisida va taşqarisida amerikaliklarga qarşi terrorçilik tahdidlarini yöq qilişga sodiqligimizni namoyiş etdi», – deya yozgan AFRICOM.

Nigeriya hukumati nima deydi?
Nigeriya Taşqi işlar vazirligi zarbalar AQŞ bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlik doirasida berilganini ma’lum qildi.
«Natijada Nigeriyaning şimoli-ğarbiy hududida yuqori aniqlikdagi havo hujumlari amalga oşirildi», – deyiladi mamlakat taşqi siyosat idorasi xabarida.

















