Turkiya kuç tuzilmalari 29 dekabr – duşanba kuni Marmara dengizi sohilidagi Yalova şahridagi uylardan birida terrorizmga qarşi operatsiya ötkazdi. Içki işlar vaziri Ali Yerlikayaning ma’lum qilişiça, hujum çoğida kamida olti nafar IŞID jangarilari öldirildi.
Şuningdek, Yerlikaya – terrorçilar politsiyaçilarga öt oçganidan söng uç nafar politsiya xodimi ham halok bölganini bildirdi. Yana sakkiz nafar politsiyaçi va bir nafar xavfsizlik xodimi ham yaralangan.

Politsiya Yalovadagi uyga jangarilar u yerda tunab qolgan bölişi mumkin degan gumon bilan bostirib kirgan. Operatsiya davomida vaqti-vaqti bilan otişma tovuşlari eşitilib turgan. Reuters muxbirining voqea joyidan xabar berişiça, reyd deyarli sakkiz soat davom etgan.
Naşrning yozişiça, politsiya tong saharda uşbu uyga olib boruvçi yölni yopib qöygan. «Yaqin atrofdagi yonğindan tutun kötarilayotgan edi, politsiya vertolyoti havoda parvoz qilib turgandi», deydi guvohlar.

Politsiya hujumda öldirilgan 6 jangarining barçasi Turkiya fuqarosi bölganini ma’lum qildi. Şuningdek, uydan beş nafar ayol va olti nafar bola tirik çiqarib olingan.
Joriy yilda Turkiya «IŞID»ga a’zolikda gumon qilinayotgan jangarilariga qarşi amaliyotlarni kuçaytirdi, çunki guruh global miqyosda yana faollaşgan.

Xususan, ötgan hafta Turkiya politsiyasi Yangi yil bayramida hujumlar uyuştirişni rejalaştirganlikda gumon qilingan 115 kişini qölga olgandi









