Jahon | 20:41 / 17.11.2016
4499
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya 12 mingdan ortiq muhojirni Afg‘onistonga qaytarib yuboradi

Foto: Reuters

Germaniya hukumati 12 539 nafar muhojirni Afg‘onistonga qaytarib yubormoqchi. Bu haqda Neue Osnabrücker Zeitung nashri Germaniya Ichki ishlar vazirligi tarqatgan ma'lumotga asoslanib xabar berdi.

«So‘llar» partiyasining Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘roviga javoban IIV bu mamlakatda tinch aholi vakillari hayoti uchun katta xavf mavjud emas degan xulosa chiqargan.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda GFRda 247 ming nafar afg‘onistonlik muhojir bor va ularning 5 foizga yaqini ortga qaytariladi.

2016 yilda afg‘onistonlik 27 ming muhojir vataniga qaytarilgan. 2015 yilda bu ko‘rsatkich atigi 9 nafarni tashkil qilgandi. Joriy yilda Germaniyaga kelgan Afg‘oniston fuqarolarining 52,4 foiziga fuqarolik taqdim etilgan, taqqoslash uchun 2015 yilda bu ko‘rsatkich 77,6 foizga teng bo‘lgandi.

Oktyabr oyida Yevropa Ittifoqi Afg‘oniston hukumati bilan afg‘onistonliklarning vataniga erkin qaytishini ta'minlash nazarda tutilgan kelishuv imzolangandi. Jami bo‘lib 80 ming kishini uyiga qaytarish rejalashtilgan. Bryussel buning uchun Kobulga 4 yil davomida bir necha  milliard yevro miqdorida ko‘mak ko‘rsatadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid