«Yaxshi tilaklar uchun rahmat. Aslidagidan ancha yomon ko‘rinmoqda. Memlarni kutib qolaman», deb yozgan Shols o‘z sahifasida.

Germaniya yetakchisi haftada uch marta yugurish bilan shug‘ullanib turadi. U navbatdagi yugurish vaqtida yuzi bilan yiqilib, ko‘zini jarohatlagan. Unga birinchi yordamni qo‘riqchilari ko‘rsatgan. Kansler ehtiyot shart yakshanbani Potsdamdagi kvartirasida o‘tkazgan. Jarohati sabab Gessenga tashrifini bekor qilgan.