Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya va Norvegiya favqulodda javob berish tizimlarini birlashtirdi
Shvetsiya va Norvegiya bir-birlarining Nødnet va Rakel favqulodda javob berish milliy radiokommunikatsion tizimlariga ulanish haqidagi kelishuvni imzolagan birinchi davlatlar bo‘ldilar. Bu haqda Shvetsiyaning fuqarolik himoyasi va favqulodda vaziyatlar agentligi ma'lum qildi.
Bu tizimlardan tez yordam, politsiya, bojxonachilar, qutqarish xizmatlari, harbiylar va fuqarolik xavfsizligining turli tashkilotlari foydalanadilar.
"Bu chegaralar osha hamkorlik qilishda bizning qobiliyatlarimizni mustahkamlash uchun qo‘yilgan muhim qadamdir. Qulay kommunikatsiya qutqaruv operatsiyalari o‘tkazishni yengillashtiradi, avariya va inqirozlar vaqtida hamkorlik hamda jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha ishni kuchaytiradi", deb aytdi Shvetsiya ichki ishlar vaziri Anders Igeman.
Kelishuvning imzolanishi va birlashgan tarmoqlar ishini sinovdan o‘tkazish ikki davlatning 200 nafardan ko‘proq politsiyachilari, qutqaruvchilari va tibbiy xodimlari ishtirokida Meroker degan joyda o‘tgan norveg-shved mashg‘ulotlari vaqtida bo‘lib o‘tdi.
Shvetsiya fuqarolik himoyasi va favqulodda vaziyatlar vazirligida Norvegiya va Shvetsiyaning bu tajribasi favqulodda vaziyatlarda javob berish kommunikatsion tizimlarini birlashtirmoqchi bo‘lgan boshqa davlatlarga qo‘l kelishi mumkin deb hisoblanmoqda.
Mavzuga oid
15:09 / 13.01.2026
Norvegiya Ukrainaga 340 mln yevro yordam ajratmoqda
13:30 / 12.01.2026
Shvetsiya bosh vaziri AQShning Grenlandiyani egallab olish tahdidlarini tanqid qildi
11:43 / 12.01.2026
Shvetsiya havo hujumidan mudofaaga 15 mlrd krona ajratadi
13:56 / 10.12.2025